Dangasalar nonushtasi

Dangasalar nonushtasi
Tarkibi
  • Lavash 1 o‘ram
  • Tuxum 3 dona
  • Kolbasa 100 g
  • Pomidor 1 dona
  • Sariyog‘ 10 g
  • Tuz/yanchilgan qora murch ta'bga ko‘ra

Tayyorlash usuli:

Lavash xamiridan taomni tayyorlash uchun moʻljallangan tova hajmida 4 ta bir xil doira kesib oling.

Chuqur idishga tuxumni chaqib, tuz va murchni solib koʻpirtiring.

Tovaga sariyogʻ surtib, qizdiring. Ichiga ozgina tuxumli aralashmadan quying. Aralashmaning qolgan qismini ustidan quyish uchun qoldiring.

Tuxum qotmasidan ustiga doira shaklidagi lavash xamirini qoʻying. Ustiga toʻgʻralgan kolbasa va qirgʻichdan chiqarilgan pishloqni seping. Ustidan yana lavash xamirini qoʻyib, pomidor va pishloqni soling.

Oxirgi lavash boʻlagi bilan yopib, ustidan tuxumli aralashmani quying.

Tovaning qopqogʻini yopib, 5 daqiqaga damlab qoʻying. Tagi qizarganidan keyin aylantirib, orqa tomonini ham 5 daqiqa qovuring.

Taomni likopga solib kesing.

Yoqimli ishtaha!

Savollaringiz bormi?

Bizga qo‘ng‘iroq qiling +998(71)205-95-95

    To'ldirish uchun majburiy joy*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика