Pishloqli sharchalar

Pishloqli sharchalar
Tarkibi
  • Pishloq 230 g
  • Oliy navli un 3 osh qoshiq
  • Qabartma tuzi 10 g
  • Tuxum (faqat oqi) 2 dona
  • Panirovka uchun talqon
  • Qovurish uchun yog‘

Idishga tuxumni chaqib, ustiga un va qabartma tuzini elakdan o‘tkazib soling.

Pishloqni eng mayda qirg‘ichdan o‘tkazing. Uni xamirga qo‘shib, aralashtiring.

Plastilinga o‘xshash pishloqli yopishqoq xamir bo‘lishi kerak. Undan yong‘oqdek dumaloqchalar hosil qiling. Ularni talqonga bulab oling.

Chuqur tovada o‘simlik yog‘ini qizdiring. Sharchalarni bir nechtadan solib, qizarguncha qovuring.

Tayyor pishloqli sharchalarni idishga soling. Dasturxonga tortishdan oldin ortiqcha yog‘ini qog‘oz salfetka bilan shimdirib olish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Savol berishni xohlaysizmi?

Bizga qo'ng'iroq qiling +998(71)205-95-95

    To'ldirish uchun majburiy joy*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика