Vetchina va pishloq bilan pechda pishirilgan kartoshka

Vetchina va pishloq bilan pechda pishirilgan kartoshka
Tarkibi
  • Kartoshka 800 g
  • Vetchina 100 g
  • Qattiq pishloq 120 g
  • Zaytun yog‘i 80 g
  • Tuz, murch ta’bga ko‘ra
  • Ko‘k piyoz bezak uchun

Pechni 180°C gacha qizdiring.

Kartoshkani tozalab yuving. Suratdagi kabi «garmoshka» hosil qiling. Unda har bir bo‘lak orasida bir xil masofa qoldiring, tagida esa kartoshka yaxlit qolishi kerak. Ustidan zaytun yog‘ini quyib, tuz va murch seping. 30 daqiqaga pechga qo‘ying.

Vetchina va pishloqni ingichka qilib kesing.

Kartoshkani pechdan olib, kesmalarga pishloq va vetchina bo‘laklarini solib chiqing.

Yana 15 daqiqaga pechga qo‘ying. Taom tayyor!

Savol berishni xohlaysizmi?

Bizga qo'ng'iroq qiling +998(71)205-95-95

    To'ldirish uchun majburiy joy*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика