Kivi va bananli trayfl

Kivi va bananli trayfl
Tarkibi
  • Biskvit diametri 25 sm
  • Banan 1 dona
  • Kivi 2 dona
  • Suyuq qaymoq 400 g
  • Tvorog 180 g
  • Shakar kukuni 50 g

Biskvitni kubik shaklida to‘g‘rang. Biskvit o‘rniga pechenyedan foydalanishingiz mumkin. Mevalarni ham to‘g‘rang. Tvorogni vilka yoki blender yordamida aralashtiring. Suyuq qaymoqni mikser yordamida biroz quyultirib, unga shakar upasini qo‘shing va yana mikser bilan aralashtiring. Tvorogni qo‘shib, yana mikser bilan aralashtiring. Krem—biskvit—mevalar—krem ketma-ketligida idishga taxlang. Xohishga ko‘ra bezashingiz mumkin.

Savollaringiz bormi?

Bizga qo‘ng‘iroq qiling +998(71)205-95-95

    To'ldirish uchun majburiy joy*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика