Xachapuri

Xachapuri
Tarkibi
  • Iliq sut 125 ml
  • Iliq suv 125 ml
  • Tuxum 4 dona
  • O‘simlik yog‘i 2 osh qoshiq
  • Sariyog‘ 100 g
  • Un 400 g
  • Xamirturush 7 g
  • Shakar 2 choy qoshiq
  • Qattiq motsarella 200 g
  • "Xanskiy" pishlog‘i 250 g

Suv va sutni shakar, xamirturush hamda bir-ikki osh qoshiq un bilan aralashtiring. 15 daqiqaga oshirishga qo‘ying.
Tuxum, o‘simlik yog‘i va tuzni qo‘shing. Un qo‘shib xamir qoring va 10 daqiqa mushtlang. Xamirni dumaloqlab, 1 soatga oshirishga qo‘ying. So‘ng bir mushtlab, yana 1 soat oshiring.
Xamirni 4-5 teng qismlarga bo‘lib, kulchalar yasang. Pishloqni qirg‘ichdan chiqarib, sariyog‘ bilan aralashtiring.
So‘ng uni xamir chetlariga surting. Keyin ikki chetini chimdib, qayiqcha hosil qiling.
Ustiga tuxum surtib, o‘rtasiga pishloq hamda sariyog‘li aralashmani soling va 220°C gacha qizdirilgan pechga 10-13 daqiqaga qo‘ying. Tayyor bo‘lishiga 5 daqiqa qolganda o‘rtasiga xom tuxumni chaqib soling va yana bir daqiqaga pechga qo‘ying. Taomni issiq holda dasturxonga torting.

Savollaringiz bormi?

Bizga qo‘ng‘iroq qiling +998(71)205-95-95

    To'ldirish uchun majburiy joy*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика