«Anorli bilaguzuk»

«Anorli bilaguzuk»
Tarkibi
  • Lavlagi 2 dona
  • Piyoz 1 dona
  • Kartoshka 4 dona
  • Sabzi 2 dona
  • Tuxum 2 dona
  • Tovuq go‘shti 200 g
  • Anor 1 dona
  • Yong‘oq 0,5 stakan
  • Mayonez 250 g

Lavlagi, sabzi, kartoshka va tuxumni qaynatib oling. Keyin alohida idishlarga yirik tishli qirg‘ichdan o‘tkazing.

Tovuqni qaynatib oling va kubik shaklida to‘g‘rang.
Piyozni mayda to‘g‘rang va marinadlang (tuz, shakar, sirka, qora murch kukuni).

Salat bilaguzuk shaklida chiqishi uchun idishning o‘rtasiga stakan qo‘ying.
Barcha masalliqlarni navbati bilan stakan atrofida terib chiqing, har bir qatlamdan keyin mayonez surtishni unutmang.

Stakanni chiqarib, salat ustiga ham mayonez surting. So‘ng ustini anor donlari bilan bezang.

Salat tayyor, yoqimli ishtaha!

Savol berishni xohlaysizmi?

Bizga qo'ng'iroq qiling +998(71)205-95-95

    To'ldirish uchun majburiy joy*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика