Idishga tuxumni chaqib, ustiga un va qabartma tuzini elakdan o‘tkazib soling.
⠀
Pishloqni eng mayda qirg‘ichdan o‘tkazing. Uni xamirga qo‘shib, aralashtiring.
⠀
Plastilinga o‘xshash pishloqli yopishqoq xamir bo‘lishi kerak. Undan yong‘oqdek dumaloqchalar hosil qiling. Ularni talqonga bulab oling.
⠀
Chuqur tovada o‘simlik yog‘ini qizdiring. Sharchalarni bir nechtadan solib, qizarguncha qovuring.
⠀
Tayyor pishloqli sharchalarni idishga soling. Dasturxonga tortishdan oldin ortiqcha yog‘ini qog‘oz salfetka bilan shimdirib olish mumkin.
⠀
Yoqimli ishtaha!