1️⃣ Kraxmalni suv bilan aralashtirib, tuxum, tuz, murch solib yaxshilab aralashtiramiz.
2️⃣ Tovaga sariyogʻ solib qizdiramiz va tuxumli aralashmani blinchikni quygandek tovani qiyalatib quyamiz. Taxminan 2-3 daqiqa davomida qovurib, olovdan olamiz.
3️⃣ Toʻldirmasi: Suzmani suv bilan aralashtirib, quyuq smetana holatiga keltiramiz va unga mayda toʻgʻralgan koʻkatlar, taʼbga koʻra tuz, murch qoʻshamiz. Toʻldirmani tuxumli quymoqning butun yuzasi boʻylab yoyib, rulet qilib oʻraymiz va oʻrtasidan ikkiga boʻlamiz. Taomni issiq holda dasturxonga tortamiz. ⠀
Toʻldirmasi bilan tajriba qilishdan qoʻrqmang — istalgan sevimli goʻsht mahsulotlaringiz, pishloq, sabzavotlar va koʻkatlarni qoʻshishingiz mumkin. Bu albatta mazali boʻladi!
Yoqimli ishtaha!