Olmali atirgullar

Olmali atirgullar
Tarkibi
  • Oshirma yoki qatlama xamir 1 o‘ram
  • Qizil olma 2-3 dona
  • Limon sharbati 1 osh qoshiq
  • Shakar 3 osh qoshiq
  • Dolchin kukuni 1 choy qoshiq
  • Xamirga surtish uchun eritilgan sariyog‘

Olmani ikkiga bo‘lib, o‘rtasini olib tashlang. Po‘stini artmaysiz. Yuqa tilimlarga kesib, idishga soling va ustiga limon sharbatini quyib aralashtiring.
Bir varaq xamirni (qalinligi taxminan 10-13 sm) sariyog‘ bilan yog‘lang. Yuqori chetiga olma tilimlarini tering, ustiga shakar va dolchin seping.
Xamirni shunday qatlangki, ichidan olmalar ko‘rinib tursin. Keyin uni rulet tarzida o‘rang.
Keks qolipchalariga soling. Qolgan xamir va olmalarni ham shu usulda tuging. 200°C qizdirilgan pechda 30 daqiqa davomida pishiring. Soviganidan keyin ustiga shakar kukunini seping.

Savollaringiz bormi?

Bizga qo‘ng‘iroq qiling +998(71)205-95-95

    To'ldirish uchun majburiy joy*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика