Ajarcha xachapuri

Ajarcha xachapuri
Tarkibi
  • Brinza 200 g
  • Qattiq pishloq 200 g
  • Tuxum 1 dona
  • Sariyog‘ 20 g

Tayyorlash usuli:

Pishloq va brinzani yirik qirg‘ichdan o‘tkazib aralashtiring va chetga olib qo‘ying.

Xamirni 2 qismga bo‘ling, 3–4 mm qalinlikdagi dumaloq shaklda yoying.
Xamirlarning ikkita chetiga bir osh qoshiqdan to‘ldirma solib uzunasiga yoying, chetlarini markazga qarab o‘rab chiqing va ikki burchagini birlashtirib chimdib qo‘ying, qayiq shakli hosil bo‘lishi kerak. Qayiqcha markaziga ham to‘ldirma soling va oldindan 220 °C gacha qizdirilgan pechga usti qizarguncha qo‘ying.
Pechdan chiqarib, to‘ldirmaning o‘rtasidan chuqurcha qiling va xom tuxumni quying, tuxum biroz qotguncha bir necha daqiqaga yana pechga qo‘ying.

Taom tayyor, yoqimli ishtaha!

Savollaringiz bormi?

Bizga qo‘ng‘iroq qiling +998(71)205-95-95

    To'ldirish uchun majburiy joy*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика