Qovoqli salat

Qovoqli salat
Tarkibi
  • Qovoq 150 g
  • Salat bargi 5-6 dona
  • Qora zaytun 10-12 dona
  • Pishloq yoki brinza 100 g
  • Zaytun yog‘i 3 osh qoshiq
  • Limon 1/4 qismi
  • Tuz, murch ta’bga ko‘ra

Tovada ikki osh qoshiq zaytun yog‘ini qizdiring, unga tozalab kubik shaklida to‘g‘ralgan qovoqni solib, biroz qovuring. Qovoq salatda ezilib ketmasligi uchun biroz chala qovurish kerak.

Qolgan masalliqlarni yirik to‘g‘rab, aralashtiring.

Masalliqlar ustiga qolgan limonning sharbatini siqing va zaytun yog‘ini qo‘shib aralashtiring. Salatni dasturxonga iliq holda torting.

Savol berishni xohlaysizmi?

Bizga qo'ng'iroq qiling +998(71)205-95-95

    To'ldirish uchun majburiy joy*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика