Mars Wrigley, Mondelez Turkey, Ferrero, Unilever va Danone korxonalari Havas diskaunterlar tarmog‘i bilan hamkorlikda Covid-19 pandemiyasining O‘zbekistonga ilk zarbasini qabul qilgan Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

Minnatdorchilik tariqasida, hozirgi murakkab sharoitda tinimsiz mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlariga va ularni sabr-toqat bilan uyda kutayotgan oila a’zolariga sovg‘alar taqdim etildi.

«Yurtimiz shifokorlari – haqiqiy qahramonlardir. Hurmatli tibbiyot xodimlari o‘z hayoti va sog‘lig‘ini garovga qo‘yib, xalqimiz sog‘ligi yo‘lida tun-u kun qilayotgan mehnati har birimiz uchun yuksak jasorat, o‘z kasbiga sadoqat va insonparvarlik namunasi bo‘lmoqda. Ular borki, sog‘lig‘imiz, hayotimiz ishonchli qo‘llarda ekaniga ishonchimiz komil.

Bundan tashqari, pandemiyani to‘xtatish borasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuqori samaradorlikka egaligini ham alohida aytib o‘tish lozim. Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari yuqori malakaga egaligi, tajribasi tufayligina pandemiyaning keng tarqalishiga yo‘l qo‘yilmadi, mazkur vaziyat esa to‘liq nazorat ostida saqlanib qolindi.

Hurmatli shifokorlar, kasbingizga sadoqatingiz, jasoratingiz va fidokorligingiz uchun sizga katta rahmat. Siz yurtimizni har qanday kasalliklardan saqlay oladigan ishonchli qalqonimizsiz. Muborak Ramazon oyi sizga sog‘lik, ezgu ishlaringizni davom ettirish uchun kuch-quvvat, oilangizga fayz-u baraka, baxt-shodlik olib kelsin. Barcha o‘ylagan ezgu niyatlaringiz amalga oshsin, ibodatlaringiz esa qabul bo‘lsin», – deyiladi qo‘shma xayriya loyihasi tashkilotchilarining minnatdorchilik nomasida.

 

16 may 2020