Havas diskaunterlar tarmogʻining xaridorlarga murojaati

 

Bugun, 7-mart kuni Havas 2 yoshga toʻldi. Bu quvonchli kunda Havas diskaunterlar tarmogʻining 120-doʻkoni xaridorlarga oʻz eshiklarini ochdi. Yangi doʻkon manzili: Toshkent sh. Shayxontohur tumani, Furqat va Navoiy koʻchalari kesishuvi, 8-doʻkon.

 

Hurmatli xaridor, birinchi Havas doʻkoni iste’molchilarni arzon narxlar, chegirmalar va sifatli servis bilan shod etishni boshlaganiga 2 yil boʻldi. Bu vaqt mobaynida tarmogʻimizning har bir xodimi filiallarimizda qulaylik va shinamlik muhitini yaratish, xaridorlarimizga yuqori darajada sifatli va barra mahsulotlarni maksimal darajada arzon narxlarda yetkazib berish uchun astoydil mehnat qildi.

 

Havas oʻz xaridorlariga hech qachon oddiy iste’molchilardek munosabatda boʻlmagan. Havas uchun har bir doimiy xaridor – doimo tabassum bilan kutib olinadigan jon qoʻshni, har bir yangi xaridor – qaytishi intizorlik bilan kutiladigan yangi doʻstdir. Albatta, 2 yil davomida doʻkonlarimizda kamchiliklar boʻlib turgan, ammo hatto eng yaqin doʻstlar orasida ham tushunmovchiliklar boʻlib turadi, shunday emasmi?

 

Havas shaxsiy vaqtni qadrlaydi va xaridorlar oʻz shaxsiy vaqtini uzoq masofada joylashgan doʻkonga yoʻl olishga emas, balki haqiqatda muhim narsalarga sarflashi lozim, deb hisoblaydi. Xaridorlar sevimli oila, yaqin doʻstlar yoki yoqimli xobbi kabi qadriyatlarga koʻproq vaqt ajratish imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun doʻkonlar xaridorlarga iloji boricha yaqin joyda joylashishi lozim, deb biladi. Balki, aynan shuning uchun iste’molchilar Havasni “mehribon qoʻshni” deya atay boshlagandir.

 

2 yil davomida Havas doʻkonlari soni 120 ga yetdi. Bunday muvaffaqiyatga erishishimizda aziz xaridorlarimizning hissasi katta. Qadrli doʻstlar, Havas sizga tanlovingiz va brendimizga boʻlgan mehr-muhabbatingiz uchun minnatdorchilik bildiradi va, oʻz navbatida, sizga oʻz muhabbatini izhor etadi. Havas har bir xaridorni qadrlaydi va doʻkonlarini yanada qulayroq, shinamroq qilish uchun tinimsiz ish olib boradi. Birinchi bor tashrif buyurgan xaridorlarda takroran qaytib kelish istagi paydo boʻlishi uchun muntazam mehnat qiladi.

 

Ushbu shod kunda Havas har biringizga baxt-saodat, shodlik-quvonch, omad tilaydi. Biz Sizni diskaunterlarimizda koʻrishdan doimo mamnunmiz. Oʻzingizga yaqin filialni esa rasmiy saytimizda aniqlashingiz mumkin: https://havasfood.uz/ru/markets/

 

Sizning sevimli diskaunteringiz Havas.