Qovoqli pirog

Qovoqli pirog
Tarkibi
  • Qovoq 500 g
  • Un 210 g
  • Sariyog' 150 g
  • Tuxum 4 dona (xamir uchun 1, to'ldirgich uchun 3)
  • Ichimlik suvi 1 osh q.
  • Maydalangan zanjabil 2 osh q.
  • Maydalangan qalampirmunchoq bir chimdim
  • Dolchin 2 choy q.
  • Anis 1 chimdim
  • Maydalangan vanil 1 chimdim
  • Tuz ta'mga ko'ra
  • Murch bir chimdim
  • Quyultirilgan sut 300 g

Tayyorlanishi:

Xamir: mayda uvoq bo‘lguncha barcha masalliqlarni blenderda aralashtiring. Agar ular bir-biriga yopishmasa, bir qoshiq suv qo‘shing. Xamirdan zuvala qiling va 30-60 daqiqaga muzlatgichga qo‘ying.

To‘ldirgich: qovoq kubiklarini tayyor bo‘lgunicha pishiring, so‘ng pyure bo‘lguncha blenderda maydalang. 3 ta tuxum, ziravorlar, bir chimdim tuz va quyultirilgan sut qo‘shing. Yog‘i kam smetana kabi bo‘lguncha aralashtiring. Agar to‘ldirgich juda suyuq bo‘lib tuyulsa, bir ikkita osh qoshiq un qo‘shing va yaxshilab aralashtiring.

Pishirish: Xamirni qolipga soling, vilka bilan teshib chiqing va 180°C ga qizdirilgan pechda 10-15 daqiqa davomida qizarguncha pishiring.

Qovoqli to‘ldirgichni xamirga soling va xuddi shunday haroratda yana 1 soat pishiring. To‘ldirgich qirralari mahkamlanib qolishi, markazi esa biroz yumshoq bo‘lib pishishi kerak.

Pirogni sovuting, muzlatgichda kamida 6 soatga, yaxshisi bir kechaga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

Savollaringiz bormi?

Bizga qo‘ng‘iroq qiling +998(71)205-95-95

    To'ldirish uchun majburiy joy*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика