Biz haqimizda

HAVAS —

Uyingiz yaqinidagi diskaunterlar tarmog‘i

HAVAS — bu «uyingiz yaqinida»gi diskaunterlar tarmog‘i. Biz mijozlarimizga sifatli mahsulotlarni arzonroq narxlarda taklif qilamiz. Do‘konlarimizda taniqli jahon va mahalliy brend mahsulotlari, o‘z ishlab chiqarishimizga oid mahsulotlarni topishingiz mumkin.

Diskaunter — bu iste’molchilar uchun qulay doʻkon formati boʻlib, unda mahsulotlar odatdagidan koʻra arzonroq narxlarda sotiladi.

Diskaunterda arzon narxlarga mahsulot tannarxini kamaytirish, xodimlarning ko‘pqirraliligi va ta’minotchilar bilan qulay shartlar asosida hamkorlik qilish yordamida erishiladi.

Xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida assortiment shu tarzda tanlanadiki, do‘kon peshtaxtalaridan doim barcha zarur bo‘lgan mahsulotlarni topish mumkin.

Havas diskaunterlar tarmog‘i iste’molchilarga yaqin joylashganligi bilan ham qulaydir. Foydali xaridlarni uyingizga yaqin joyda amalga oshirishingiz mumkin.

BIZ FOTOSURATLARDA

Biz haqimizda

Diskaunter — bu chakana savdo formati bo‘lib, iste’molchiga sifatli mahsulotni maksimal darajada arzon narxda taqdim etuvchi «uy yaqinidagi do‘kon». Havas tarmog‘ining e’tiborga loyiq tomonlaridan: barcha mahsulotlarning arzonroqligi, do‘konlardagi sharoitlarning qulayligi, shuningdek, uning uyga yaqin joylashgani. Bugungi kunda Havas Toshkent shahri va viloyatining barcha tumanlarida mavjud bo‘lib, bu poytaxt aholisiga ortiqcha vaqt va kuch sarflamagan holda mahsulotlarni o‘zlari uchun qulay bo‘lgan do‘konlardan xarid qilishiga yordam beradi. Diskaunterlar tarmog‘ining asosiy yutuqlari xaridorlarning Havasga bo‘lgan ishonchi natijasidir. Shunday ekan, Havas jamoasi tarmoqning barcha xaridorlari va mijozlariga o‘z minnatdorchiligini izhor etadi. Aynan ular Havas jamoasini ilhomlantiradi va yangi qulayliklar hamda imkoniyatlar yaratishga undaydi.

___________

Havas yaqin yillarda o‘zining qulay, hamyonbop va hammabop do‘konlarini O‘zbekistonning barcha shahar hamda viloyatlarida ochishni rejalashtirmoqda.

241 do‘kon
Do‘konlar tarmog‘i bo‘ylab 2200 nafardan ortiq xodim
1200 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari

Savollaringiz bormi?

Bizga qo‘ng‘iroq qiling +998(71)205-95-95

    To'ldirish uchun majburiy joy*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика