Tuxumni idishga solib, 5 daqiqa davomida mikser yordamida ko‘pirtiring. Tuz va soda qo‘shib, ko‘pirtirishda davom eting. Un qo‘shib yumshoq xamir qoring. Xamir tinishi uchun 30 daqiqaga ustini sellofan paket bilan yopib qo‘ying. Keyin uni 2 millimetr qalinlikdagi doira shaklida yoying. Doiraning yarmiga eritilgan yog‘ni surting va xamirni ikkiga qatlang. Xamirdan 1,5 sm o‘lchamdagi tasmalar kesing va ularni aralashtirib turgan holda qizartirib qovurib oling.
Qiyomni tayyorlash:
Shakar — 200 g
Suv — 120 ml
Limon suvi — 0,5 choy qoshiq
Shakar va suvni past olovda 30 daqiqa qaynating. Qiyom quyuqlashganda limon sharbati va asalni qo‘shing. Qaynab chiqishi bilan olovdan oling. Chak-chak bo‘laklari ustidan qiyomni quyib, ularni aralashtiring va istalgan shaklga keltirib, ustini xohishga ko‘ra bezang.
Yoqimli ishtaha!