Limonli marmar pechenye

Limonli marmar pechenye
Tarkibi
  • Sariyog‘ 82,5% 200 g
  • Oliy navli un 540 g
  • Shakar 180 g
  • Tuxum 2 dona
  • Limon po‘stlog‘i 3 dona limon
  • Limon sharbati 80 ml
  • Qabartma tuzi 16 g
  • Tuz ta’bga ko‘ra
  • Shakar kukuni 50 g

Yumshoq sariyog‘ni shakar bilan aralashtiring. Tuxum, limon sharbati, limon po‘stlog‘ini qo‘shing va yaxshilab aralashtiring.

Un bilan qabartma tuzini aralashtirib, elakdan o‘tkazing va qorishmaga qo‘shib xamir qoring.

Xamirni sellofan paketga o‘rab, 1 soatga sovitkichga qo‘ying.

Idishga shakar kukunini soling.
Xamirdan kichik dumaloqchalar yasab, shakar kukuniga botiring va pergament solingan listga tering.

180°C gacha qizdirilgan gaz pechida 12 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli choyxo‘rlik!

Savollaringiz bormi?

Bizga qo‘ng‘iroq qiling +998(71)205-95-95

    To'ldirish uchun majburiy joy*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика