To‘ldirmali kabachoklar

30 daqiqada tayyor
To‘ldirmali kabachoklar
Composition
  • Kabachok 2 dona
  • Tuxum 1 dona
  • Vetchina yoki doktorskaya kolbasa 100 g
  • Pomidor 80 g
  • Ko‘katlar tabg‘a ko‘ra
  • Tuz, muruch tabg‘a ko‘ra
  • Sarimsoq tabg‘a ko‘ra
  • Qattiq pishloq 50 g

1️⃣ Kabachokni ikkiga bo’lib, pastki qismiga tegmasdan, o‘rtasini qoshiq bilan o‘yib olamiz.

2️⃣ O‘yib olingan qismini mayda to‘g‘rab, chuqur idishga soling. Unga tuxum, mayda to‘g‘ralgan vetchina/kolbasa va pomidorni qo‘shing. Tuz, murch solib yaxshilab aralashtiring.

3️⃣ Kabachokka to‘ldirmani soling.

4️⃣ Kabachokli savatchalarni tovaga terib, 180 °C gacha qizdirilgan pechga 30 daqiqaga qo‘ying.

5️⃣ Kabachoklarni olib, ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping va yana 5–10 daqiqa pechga qo‘ying.

Taom tayyor.

Yoqimli ishtaha!

Do you have any questions?

Give us a call +998(71)205-95-95

    Mandatory space to fill*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика