1️⃣ Sousdan boshlaymiz. 300 g pomidorni olib, qaynoq suvga soling, terisini shilib olib, mayda kubik shaklida to‘g‘rang. Tozalangan bolgar qalampirini ham mayda kubik shaklida, piyozni esa mayda to‘g‘rab oling.
⠀
2️⃣ Qizdirilgan tovada piyozni aralashtirib turgan holda 4-5 daqiqa qovuring. Pomidor va bolgar qalampirini solib, ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shing. Sousni 10-15 daqiqaga — qalampir yumshoq bo‘lguniga qadar dimlang. Tayyor sousni xohishga ko‘ra bir xil massa holatiga kelgunicha blenderdan o‘tkazib olish mumkin.
3️⃣ Taomning asosiy qismiga o‘tamiz! Kabachok va pomidorlarning qolgan qismini taxminan 2-4 mm qalinlikdagi halqalar shaklida kesing. Agar kabachoklarning po‘sti qattiq bo‘lsa, uni tozalab tashlagan ma’qul.
⠀
4️⃣ Baqlajonlarni halqa shaklida bo‘laklarga bo‘lib, 10 daqiqaga namakobga soling, so‘ng yuving.
⠀
5️⃣ Idishga o‘simlik yog‘i, sarimsoq, ko‘katlar, qora murch va tuz solib aralashtiring.
⠀
6️⃣ Sousning hammasini tovaga quying. Ustidan navbatma-navbat pomidor, kabachok va baqlajon halqalarini joylashtiring. Sabzavotlar yarmigacha sousga botishi kerak. Ustidan yog‘ va sarimsoqli aralashmani quying.
⠀
7️⃣ Tovani folga bilan yoping va taxminan bir soatga 200°C gacha qizdirilgan pechga qo‘ying. Keyin folga olib tashlang va sabzavotlarni yana 20-30 daqiqa pishiring.
⠀
Ratatuy tayyor! Yoqimli ishtaha!