23 sentyabr kuni «Havas Food» MChJ va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi o’rtasida shartnoma imzolash marosimi bo’lib o’tdi.
Kelishuvga binoan, Havas diskaunterlar tarmog’i va Intellektual mulk agentligi kontrafakt mahsulotlarning tarqatilishiga qarshi kurashish sohasida va bu boradagi sa’y-harakatlarni birlashtirishda hamkorlik qiladi.
Shuningdek, tomonlar Havas xodimlarining qalbaki tovarlarni aniqlash va tarqatish bo’yicha malakasini oshirish bo’yicha o’zaro hamkorlik qiladilar.
24 sentyabr 2020