Havas tarmog’i vakillari minnatdorchilik sifatida poytaxtdagi statsionar karantin postlarida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga oziq-ovqat to’plamlarini olib kelishdi.

Butun dunyo umumiy muammoga qarshi to’planib, mehr-oqibat, o’zaro yordam va o’z qo’shnisining samimiy qo’llab-quvvatlashi jamiyatda yanada ahamiyatli bo’lganida, hech kim chetda turolmaydi.

Afisha Media karantin sharoitida aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bilan xayrli ishda sheriklarini qo’llab-quvvatlashga qaror qildi va bir qator materiallarda ularning gumanitar faoliyati haqida gapirib berdi.

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Toshkentda karantin choralari ko’rildi. Poytaxt ko’chalarida o’zini o’zi izolyatsiya qilish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish uchun yo’l-patrul xizmati 61 statsionar postlari tashkil etilgan.

Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari bilan birgalikda postlarda 24 soat davomida navbatchilik qilmoqda.

O’zining ijtimoiy mas’uliyati doirasida Havas dispetter tarmog’i Toshkentdagi karantin postlarida har kuni aholining xavfsizligini ta’minlayotgan barcha huquqni muhofaza qilish va xavfsizlik xodimlariga minnatdorchilik bildirishga qaror qildi va ularga javonlardan oziq-ovqat paketlarini topshirdi.

Havas, kuchlarni birlashtirish orqali siz barcha qiyinchiliklarni tezda engib, koronavirus tarqalishini to’xtata olasiz, deb hisoblaydi.

14 aprel 2020