Kartoshka va pishloqli vaflilar

Kartoshka va pishloqli vaflilar
Tarkibi
  • Tuxum 2 dona
  • Kartoshka pyuresi 2,5 stakan
  • Korona oliy navli un 0,5 stakan
  • Soda 0,25 choy qoshiq
  • Qabartma tuzi 0,5 choy qoshiq
  • Qattiq pishloq 50% 100 g
  • Smetana 15% ta’bga ko‘ra
  • Ko‘k piyoz ta’bga ko‘ra

Tuxum, kartoshka pyuresi va qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni mikser bilan aralashtiring. Kartoshka pyuresi bo‘lmasa, 3 dona xom kartoshkani mayda qirg‘ichdan o‘tkazib qo‘shishingiz mumkin.
⠀
Un, soda va qabartma tuzini aralashtirib, elakdan o‘tkazib xamirga qo‘shing. Qumoqlari qolmagunicha aralashtiring. Ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shing.
⠀
Vafli pishiruvchi moslamani qizdiring va yog‘lang. Xamir tugagunicha vaflilarni qizartirib pishiring.
⠀
Tayyor vaflilarni smetana va ko‘k piyoz bilan dasturxonga torting.
⠀
Yoqimli ishtaha!

Savollaringiz bormi?

Bizga qo‘ng‘iroq qiling +998(71)205-95-95

    To'ldirish uchun majburiy joy*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика