Ratatuy

Sog‘lom ozuqa
Ratatuy
Tarkibi
  • Pomidor 600 g
  • Kabachoklar 300 g
  • Baqlajon 300 g
  • Bolgar qalampiri 300 g
  • O‘simlik yog‘i 7 osh qoshiq
  • Sarimsoq 2 bo‘lak
  • Piyoz 1 dona
  • Fransuz ko‘katlari aralashmasi 3 g
  • «Галерея вкусов» yanchilgan qora murch ta’bga ko‘ra
  • Tuz ta’bga ko‘ra

1️⃣ Sousdan boshlaymiz. 300 g pomidorni olib, qaynoq suvga soling, terisini shilib olib, mayda kubik shaklida to‘g‘rang. Tozalangan bolgar qalampirini ham mayda kubik shaklida, piyozni esa mayda to‘g‘rab oling.
⠀
2️⃣ Qizdirilgan tovada piyozni aralashtirib turgan holda 4-5 daqiqa qovuring. Pomidor va bolgar qalampirini solib, ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shing. Sousni 10-15 daqiqaga — qalampir yumshoq bo‘lguniga qadar dimlang. Tayyor sousni xohishga ko‘ra bir xil massa holatiga kelgunicha blenderdan o‘tkazib olish mumkin.

3️⃣ Taomning asosiy qismiga o‘tamiz! Kabachok va pomidorlarning qolgan qismini taxminan 2-4 mm qalinlikdagi halqalar shaklida kesing. Agar kabachoklarning po‘sti qattiq bo‘lsa, uni tozalab tashlagan ma’qul.
⠀
4️⃣ Baqlajonlarni halqa shaklida bo‘laklarga bo‘lib, 10 daqiqaga namakobga soling, so‘ng yuving.
⠀
5️⃣ Idishga o‘simlik yog‘i, sarimsoq, ko‘katlar, qora murch va tuz solib aralashtiring.
⠀
6️⃣ Sousning hammasini tovaga quying. Ustidan navbatma-navbat pomidor, kabachok va baqlajon halqalarini joylashtiring. Sabzavotlar yarmigacha sousga botishi kerak. Ustidan yog‘ va sarimsoqli aralashmani quying.
⠀
7️⃣ Tovani folga bilan yoping va taxminan bir soatga 200°C gacha qizdirilgan pechga qo‘ying. Keyin folga olib tashlang va sabzavotlarni yana 20-30 daqiqa pishiring.
⠀
Ratatuy tayyor! Yoqimli ishtaha!

Savollaringiz bormi?

Bizga qo‘ng‘iroq qiling +998(71)205-95-95

    Majburiy maydon*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика