Tvorog va ananasli pirog

Tvorog va ananasli pirog
Composition
  • Kefir 200 ml
  • Tuxum 2 dona
  • Shakar 180 g
  • Oliy navli un 300 g
  • Qabartma tuzi 2 choy qoshiq
  • O‘simlik yog‘i 100 ml
  • Nachinka: Shakar 3 osh qoshiq
  • Tvorog 250 g
  • Vanilin 1 choy qoshiq
  • Tuxum 1 dona
  • Konservalangan ananas 100 g

Kefirni shakar va tuxum bilan aralashtiring. Yog‘ o‘shib, yana aralashtiring.

Un va qabartma tuzini qo‘shib, elakdan o‘tkazib aralashmaga qo‘shing va qumoqlari ketgunicha aralashtiring.

Nachinkasi: tvorogga tuxum, shakar va vanilinni qo‘shib, vilka bilan yaxshilab aralashtiring.

Qolipni yog‘lab, xamirni joylang. Ustidan tvorogli aralashmani quying va ananas bo‘laklarini terib, tvorogga biroz botishi uchun ustidan yengil bosib chiqing.

180°C qizdirilgan gaz pechida 60 daqiqa pishiring.

Yoqimli ishtaha!

Do you have any questions?

Give us a call +998(71)205-95-95

    Mandatory space to fill*
    Yuqoriga
    Яндекс.Метрика