Tuxum, kartoshka pyuresi va qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni mikser bilan aralashtiring. Kartoshka pyuresi bo‘lmasa, 3 dona xom kartoshkani mayda qirg‘ichdan o‘tkazib qo‘shishingiz mumkin.
⠀
Un, soda va qabartma tuzini aralashtirib, elakdan o‘tkazib xamirga qo‘shing. Qumoqlari qolmagunicha aralashtiring. Ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shing.
⠀
Vafli pishiruvchi moslamani qizdiring va yog‘lang. Xamir tugagunicha vaflilarni qizartirib pishiring.
⠀
Tayyor vaflilarni smetana va ko‘k piyoz bilan dasturxonga torting.
⠀
Yoqimli ishtaha!
Website Developed by Division