Yanada yaqin, yanada qulay. — Har kuni xaridlarni osonlashtirish va sizga yaqinroq bo’lish uchun yana 4 ta yangi Havas diskaunter do’konini ochdik! Bu xaridorlarimiz ishonchining natijasidir. Manzillarimiz: 📍 Farg’ona viloyati, Toshloq tumani, Abu Hanifa jome masjidi yonida 📍 Farg’ona viloyati, Eco City 📍 Toshkent shahri, Sergeli tumani, Yangi Darxon-2 📍 Yashnobod tumani, Tuzel posti
160 va 161 – Havas doʻkonlari ilk xaridorlari uchun oʻz eshiklarini ochdi. Тashrif buyurgan va quvonchimizga sherik boʻlgan har bir xaridorga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Endi sarxil mahsulotlarni arzonroq narxlarda har kuni soat 08:00 dan 22:00 gacha xarid qilishingiz mumkin. Manzillarimiz: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 2-Qatortol ko‘chasi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Chimboy ko‘chasi, 56-uy
Batafsil
Bu safar ilk xaridorlarini quyidagi manzillardagi 158 va 159-Havas do‘konlari 8—9-iyul kunlari soat 10:00 da qabul qildi: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Alimkent 1-tor ko‘chasi, 29-uy; Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Bog‘ko‘cha mavzesi, 1-uy. Endi har kuni arzon narxlardagi eng kerakli mahsulotlar yanada yaqinroq.
Batafsil
Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi uchun navbatdagi diskaunter! 3-iyul kuni soat 10:00 da 157-Havas diskaunteri ilk xaridorlariga o‘z eshiklarini ochdi. Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och mavzesi, 30B-uy. Eshiklarimiz har kuni soat 08:00 dan 22:00 gacha ochiq.
Batafsil
Havas oilasi yana kengaymoqda! 29 va 30-iyun kunlari soat 10:00 da quyidagi manzillarda 155 va 156-do‘konlarining ochilishi bo‘lib o‘tdi: Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, Bo‘ka shahri, Navro‘z MFY, H.Olimjon ko‘chasi; Toshkent viloyati, Yuksalish QFY, Toshkent ko‘chasi. Endi barcha kerakli mahsulotlar hamyonbop narxlarda yanada yaqinroq.
Batafsil
Havas hayotidagi muhim voqeani baham ko‘rishga shoshilmoqdamiz! 25-iyun kuni Sergeli tumaninig Saxovat mahallasini obodonlashtirish ishlari bilan tanishish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bizning diskaunterimizga ham tashrif buyurdi. Davlat rahbari mahsulotlar assortimenti bilan tanishdi va xodimlar bilan suhbatlashdi. Ushbu uchrashuv bizni yanada rivojlanishga va samarali ishlashga ruhlantiradi.
BatafsilHavas — yetti yil davomida xaridorlar bilan hamnafaslikda 7-mart kuni O‘zbekistondagi birinchi diskaunterlar tarmog‘i – Havas o‘zining yetti yilligini nishonlaydi. Savdo-sotiq sohasida muhim hisoblangan ushbu davr mobaynida loyiha o‘ziga xos rivojlanish bosqichidan o‘tib, millionlab insonlar hayotining ajralmas qismiga aylangan yirik savdo tizimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Har bir oilaning ehtiyojlarini o‘rganib, kundan-kunga rivojlanib borayotgan kompaniya […]
Havas diskaunterlar tarmogʻining xaridorlarga murojaati Bugun, 7-mart kuni Havas 2 yoshga toʻldi. Bu quvonchli kunda Havas diskaunterlar tarmogʻining 120-doʻkoni xaridorlarga oʻz eshiklarini ochdi. Yangi doʻkon manzili: Toshkent sh. Shayxontohur tumani, Furqat va Navoiy koʻchalari kesishuvi, 8-doʻkon. Hurmatli xaridor, birinchi Havas doʻkoni iste’molchilarni arzon narxlar, chegirmalar va sifatli servis bilan shod etishni boshlaganiga 2 […]
23 sentyabr kuni «Havas Food» MChJ va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi o’rtasida shartnoma imzolash marosimi bo’lib o’tdi. Kelishuvga binoan, Havas diskaunterlar tarmog’i va Intellektual mulk agentligi kontrafakt mahsulotlarning tarqatilishiga qarshi kurashish sohasida va bu boradagi sa’y-harakatlarni birlashtirishda hamkorlik qiladi. Shuningdek, tomonlar Havas xodimlarining qalbaki tovarlarni aniqlash va tarqatish bo’yicha malakasini oshirish […]