Havas hayotidagi muhim voqeani baham ko‘rishga shoshilmoqdamiz!

25-iyun kuni Sergeli tumaninig Saxovat mahallasini obodonlashtirish ishlari bilan tanishish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bizning diskaunterimizga ham tashrif buyurdi.

Davlat rahbari mahsulotlar assortimenti bilan tanishdi va xodimlar bilan suhbatlashdi.

Ushbu uchrashuv bizni yanada rivojlanishga va samarali ishlashga ruhlantiradi.